Skip to main content

Afsonaga aylangan eng g‘aroyib avtomobillarni yodga olamiz. Mazkur sonda — cheklangan miqdorda ishlab chiqarilgan “uchar yulduz” Mercedes-Benz 300 SL

Mercedes-Benz kompaniyasi urush tugashini qurolli kuchlar uchun tinim bilmay texnikalar ishlab chiqargan uchta asosiy zavodining xaroba bo‘lishi bilan kutib oldi. Bir paytlar eng shiddatli va mukammal mashinalar ishlab chiqargan nufuzli rusum go‘yoki qayta tug‘ilmaydigandek edi. Biroq, 1954-yilda kompaniya kutilmaganda Mercedes-Benz 300SL sport modelini taqdim qildi. 1952-yil quvursimon karkasida yengil silliq alyuminiy kuzov va 170 ot kuchigacha kuchaytirilgan dvigatelga ega 300SL (SL — Super Leicht) ning birinchi sport prototipi paydo bo‘ldi. U darhol Mille Miglia musobaqasida ikkinchi o‘rinni egalladi va keyin Bern Gran-prisini, Le Mans va Nyurburgringdagi poygalarida g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.

Bir afsona tarixi: Mercedes-Benz 300 SL, 7auto.uz

Fuqarolar uchun Mercedes-Benz 300SL texnik yangiliklar bilan to‘ldirildi va o‘sha paytdagi taniqli dizayner Pol Brak tomonidan yaratilgan kuzov o‘zining nafisligi bilan barchani hayratda qoldirdi. Bundan tashqari, avtomobil bir muhim “jahon premyerasi” ni namoyish etdi: old tomonida 50° nishablikda joylashgan 6 silindrli dvigatelda olti porshenli nasosga ega Bosch mexanik yonilg‘i quyish tizimi bilan jihozlangan. Nisbatan past siqish nisbati bilan dvigatel quvvatini 215 ot kuchiga oshirish imkonini bergan! Hozirgi kunda bu raqamlar unchalik hayratlanarli tuyulmaydi, ammo 1950-yillarning boshlarida soatiga 260 km tezlikka erisha oladigan mashina deyarli giperkar hisoblanardi.

Bir afsona tarixi: Mercedes-Benz 300 SL, 7auto.uzBir afsona tarixi: Mercedes-Benz 300 SL, 7auto.uzBir afsona tarixi: Mercedes-Benz 300 SL, 7auto.uz

Mercedes’ning asosiy uslubiy yangiligi L shaklidagi eshiklar bo‘lib, ular xalq orasida “Gullwing” (chag‘alay qanoti) deb nomlangan. Mashinaning markazida kichik diametrli quvurlardan payvandlangan yuk ko‘taruvchi keng rom bo‘lib, unga zarur qattiqlikni berish uchun ostona balandligini 60 sm gacha tubdan ko‘tarish kerak edi. Bunga yechim sifatida esa yuqoriga qarab ochiladigan eshiklar ixtiro qilingan.

300SL seriyasini ishlab chiqarish 1963 yilda to‘xtatildi. Bu vaqtga kelib 3250 dona avtomobil ishlab chiqarilgan.