Norvegiyada tez orada oddiy avtomobillarga qaraganda, elektromobillar ko‘proq bo‘ladi, Kia arzon elektromobillar ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yadi, Dubayda uchuvchisiz musobaqalar bo‘lib o‘tdi
Tesla Cybertruck avtomobilini ortga qaytarmoqchi
Tesla kompaniyasi sotuvga chiqarilgan barcha 3878 ta Cybertruck pikaplarini ortga qaytarishini e’lon qildi. Bu Milliy yo‘l harakati xavfsizligi ma’muriyatining (MYHXM) akselerator pedalidagi texnik nosozliklar sababidan yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan baxtsiz hodisalar haqidagi havotiri bilan bog‘liq. Nosozliklar haqidagi xabarlar so‘ngi bir necha hafta ichida kelib tusha boshladi, bu esa Tesla pikaplarini yetkazib berishni to‘xtatib turishiga majbur qildi.
Ilon Mask ijtiomiy tarmoqlarda Tesla kompaniyasi muammoni o‘rganayotgani aytib o‘tdi va biror baxtsiz hodisa yoki jarohatlar haqida isbot yo‘qligini ta’kidladi. MYHXM esa Cybertrucks akselerator pedali zaiflashishi, toyishi va oyolar orasida tiqilib qolishi mumkinligini tasdiqladi. Bu keskin tezlashib ketish va to‘qnashuvlarga olib kelishi mumkin. Tesla barcha mavjud Cybertrucks pedallarini almashtirish yoki takomillashtirish harakatida. Yangi pedalga ega Cybertrucks ishlab chiqarish allaqachon boshlandi va yetkazib berilishi kutilayotgan avtolarni yangilashga shoshilishmoqda.
Tez orada elektromobillarga to‘liq o‘tishi kutilayotgan ilk mamlakat
Norvegiyada uch-to‘rt yildan keyin elektromobillar soni benzin dvigatelli avtomobillar sonidan oshib ketadi. Norvegiya o‘z fuqarolariga akkumulyatorli elektromobillar sotayotgan dunyodagi yetakchi davlat bo‘lib qolmoqda: mamlakatda sotilgan barcha yangi avtomobillarga nisbatan ulishi 90 foiz. Bundan tashqari, 2025-yilga kelib, Norvegiya yangi benzin va dizelli avtomobillar sotilishini ta’qiqlashni ko‘zlamoqda, bu uni bunday jasur qadam qo‘yishga muvaffaq bo‘la olgan ilk davlatga aylantiradi.
Lamborghini gibrid Urus’ni taqdim qildi
Lamborghini italyan avto ishlab chiqaruvchi Urus yo‘ltanlamasining gibrid versiyasini taqdim qildi. Bu avtomobil ishlab chiqaruvchisi ekologik toza harakatlanish va elektromobillarga o‘tishni ko‘zlayotgan yana bir qadamdir.
2025-yilda chiqadigan Lamborghini Urus SE ikkita sepkichli turbinaga ega V8 dvigateli va 789 ot kuchiga ega elekt motor bilan jihozlangan. Avtomobil 3,4 soniyada 100 km/soat tezlikka chiqa oladi, eng yuqori tezligi esa 470 km/soatdan ortiqni tashkil qiladi. Yangi mashina to‘liq tortuvchi, 11 ta harakatlanish rejimiga ega va quvvat zahirasi elektrning o‘zida deyarli 60 km. Bundan tashqari, Lamborghini Urus SE gaz chiqarilishi ichki yonilg‘ili dvigatelga ega Urusga nisbatan 80 foizga kamroq, shuningdek, aerodinamikasi va sovutish tizimi yaxshilangan.
Qanday avtomobillar sotib olingandan bir yil o‘tgach, narxi arzonlashadi
Jurnalistlar jamoasi tomonidan o‘tkazilgan tadqiqot jahon avtomobil bozoridagi qiziqarli tendensiyani aniqladi. Aniqlanishicha, ayrim modellar foydalanishning birinchi yilida nafaqat o‘z qiymatini yo‘qotmaydi, hatto narxida oshish ham kuzatiladi.
Yangi va yurgan avtomobillar sotuvi haqidagi bir yarim milliondan ortiq e’lonlarga asoslangan tadqiqotga ko‘ra, eng oz eskirish shkalasi bo‘yicha Range Rover ishonchli birinchi o‘rinni egalladi. Ushbu model narxining o‘rtacha o‘sishi foydalanishning ilk yilida 2,8 % tashkil qiladi.
Ikkinchi o‘rin Kia Rio’ga nasib qildi. Bir yil yurgan sedan o‘z narxining atigi 0,1% yo‘qotdi, ya’ni, o‘z narxini deyarli saqlab qoladi. Keyingi o‘z qiymatini biroz yo‘qotuvchi modellar qatoridan Mercedes-Benz G-Class, Ford Maverick va Toyota Sequoia Hybrid joy olgan. Ularning barchasi bir yil yurgan holatida nisbatan juda kam qiymat yo‘qotishini ko‘rsatishgan.
NASA Oyda yurish uchun uchta avtomobil kompaniyasini tanladi
Amerika kosmik agentligi vakillari yaqin yillarda NASA astronavtlarini Oyning janubiy qutbiga yetkazadigan transport vositalarining dastlabki konstruksiyalarini ishlab chiqish uchun uchta kompaniyani yollaganliklarini ma’lum qilishdi. Astronavtlar Yerga qaytib kelgach, bu mashinalar robot-tadqiqotchilarga aylanadi va NASAning Marsda yurarlari kabi mustaqil harakatlana oladi.
Bitim tuzish huquqi uchun Texas, Kolorado va Kaliforniyadan uchta Amerika kompaniyasi kurashadi. NASA nomidan kompaniyalar soatiga 15 kilometr tezlikka erisha oladigan, bir quvvatlanishda o‘nlab kilometr masofani bosib o‘tadigan va kosmonavtlarga sakkiz soat davomida oy hududida harakatlanish imkoniyatini beradigan oyda yurar dizaynini ishlab chiqishi kerak. Loyiha g‘olibi bo‘lgan kompaniya 4,6 milliard dollarlik 15 yillik shartnoma tuzadi.
Arzon elektromobillar
Kia avtomobil ishlab chiqaruvchisi Kia EV2 yangi elektromobilini ishlab chiqarishga tayyorgarlik ko‘rmoqda – uni AQSh yo‘llarida kamuflyaj ko‘rinishda ko‘rishgan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, Tesla avtonom avtomobil ishlab chiqarish loyihasi foydasiga o‘z elektromobilining arzon versiyasini ishlab chiqishni muzlatib qo‘ygan – savdolarni boshlash vaqti bundan yaxshiroq bo‘lishi mumkin emas edi.
Kia EV2 ning rasmiy narxi hali belgilanmagan, biroq u 20 million von yoki taxminan 15 000 dollarni tashkil qilishi taxmin qilinmoqda, boshqa manbalarga ko‘ra, u 30 000 dollardan oshmaydi, bu hozirgi EV modeli uchun o‘rtacha chakana narxdan ancha past (taxminan 52 000 dollar).
Kia va unga “qarindosh” avtomobil ishlab chiqaruvchi Hyundai umumiy E-GMP platformasida Hyundai Ioniq 5 va 6 hamda Kia EV6 va EV9 kabi bir nechta arzon elektromobillarni taqdim etdi. Xususan, Kia’ning EV6’si AQShda mashhur bo‘lib, Tesla’ning Model 3 va Y’ga munosib muqobil hisoblanadi. Joriy yilning boshida taqdim etilgan Kia EV9, ayniqsa, uch qatorli o‘rindiqlarga muhtoj bo‘lganlar va elektr transport vositalariga o‘tishni xohlaydiganlar uchun qiziqish uyg‘otadi. Kia, shuningdek, joriy yilda EV3 krossoveri va hamyonbop EV4 sedanini chiqarishni rejalashtirmoqda.
Fordning yangi elektr flagmani
Ford 2024 yilgi Mustang Mach-E ni taqdim etdi, bu esa ko‘proq quvvat zaxirasi, tezroq quvvatlanish va avvalgi modellariga qaraganda tezroq tezlanish imkoniyatiga ega. Ford rahbarlarining ta’kidlashicha, 2024 Mach-E endi oldingi modellarga qaraganda 15-30 km ko‘proq masofani bosib o‘tadi.
Akkumulyatorning oshirilgan quvvat zaxirasiga ega orqa tortuvchi xususiyati umumiy 515 km zaxira quvvati bilam maqtana oladi (standart versiyasida 400 km). Bundan tashqari, avtomobil noldan 100 km/soatgacha 3,3 soniyada chiqa oladi, bu esa Ford so‘zlariga ko‘ra, Tesla Model Y va Porsche Macan 4 Electric’ga qaraganda ancha tezroq. Mach-E 2024 tez quvvatlash qurilmasiga ulanganda 36,2 daqiqada 10 dan 80 foizgacha quvvatlana oladi.
Ford mazkur yilning boshida Tesla avtomobillari qiymati tushganiga javoban Mach-E narxini tushirdi. Narxlarning tushishi yangi voqelikni aks ettiradi, bunda elektromobillar sotuvi avvalgi yillardagidek tez o‘smaydi, chunki xaridorlar qimmat yangi avtomobillarni sotib olishga shoshilmayapti, balki barqaror quvvatga ega arzonroq modellarni tanlamoqda. Biroq, Fordning o’zi gibridlar qatorini kengaytirishga intilayotgani sababli elektromobillarga sarmoyalarni kamaytirdi.
Google Xaritalar sun’iy intellekt yordamida elektromobillar uchun quvvatlash stansiyalarini topadi
Google Xaritalar elektr transport vositalarini quvvatlash stansiyalarini topishni osonlashtirish uchun bir nechta yangilanishlarni chiqaradi. Google kompaniyasi mijozlarning quvvatlash stantsiyalari haqidagi sharhlarini jamlash uchun sun’iy intellektdan foydalanishini aytdi. Shunday qilib, bu noaniq joylarda, masalan, garajlarda joylashgan quvvatlovchilarni topishga yordam beradi. Bundan tashqari, ilova foydalanuvchilarni quvvatlash qanchalik muvaffaqiyatli boʻlganligi va qanday shteker ishlatilganligi haqida fikr bildirishga undaydi. Ushbu ma’lumotlardan foydalanib, kelajakdagi foydalanuvchilar uchun quvvatlash stantsiyalarining aniq tavsiflari tuziladi.
Yana bir opsiya: endi elektr transport vositalari egalari akkumulyatorning quvvatlanish darajasi haqidagi ma’lumotlarni tezda olishlari mumkin bo‘ladi. Ulagichning mavjudligi va quvvatlash tezligi o‘rnatilgan Google Xaritalarda, masalan, ba’zi Volvo va Polestar modellarida real vaqtda ko‘rsatiladi.
Birinchi haydovchisiz poyga avtomobillari musobaqasi
Sakkizta jamoa Abu-Dabidagi avtonom poygalar ligasi musobaqasida bir xil Dallara Super Formula SF23 avtomobillarida ishtirok etdi. Ularning 2,0 litrli to‘rt silindrli dvigatellari taxminan 550 ot kuchi ishlab chiqaradi va yettita Sony kamerasi haydovchi odatda o‘tirgan joydan 360 graduslik ko‘rinishni ta’minlaydi. Mashinalar bir xil bo‘lsa-da, har bir jamoaning o‘z dasturiy ta’minot muhandislari bo‘lgan, ular kod yozgan va o‘zlarining haydovchisiz avtomobillarini maxsus qurilgan Yas Marina trassasi atrofida boshqarish uchun sun’iy intellektni o‘rgatish uchun algoritmlardan foydalanganlar.
Ammo bu qiyinchiliksiz kechmadi. Yetakchi avtomobil Polimove aylanib ketdi. Yana bir mashina erta burilgani sababli devorga borib urilgan. Bir nechta elektromobillar ishlamay qolgan va poygani butunlay to‘xtatgan. “Men yangi texnologiyalar va tadqiqotlarni kuzatishni yaxshi ko‘raman,” deb izoh berdi bir tomoshabin, “lekin buni tomosha qilishning iloji yo‘q edi. Tajriba sifatida bu juda qiziq, ammo poyga sifatida bu mutlaqo qaltislik.”
The Race nashrining yozishicha, “Formula-1”ning sobiq haydovchisi Daniil Kvyat poygada sun’iy intellektga ega avtomobillarda qatnashgan – va osonlik bilan g‘alaba qozongani ajablanarli emas. Avtonom robotlar tadqiqot markazining texnik direktori Jovanni Pauning ta’kidlashicha, texnologiya takomillashgan sari, barchasi keskin o‘zgarishi mumkin.