Skip to main content

Pekin-2024 ko'rgazmasi: avtoshoudagi e'tiborga loyiq eng ajoyib avtomobillarni havola etamiz

Genesis X Grand Berlinetta

Pekindagi avtoshouning eng tez va eng chiroyli superkarlari, 7auto.uz

X Gran Berlinetta nomini olgan Genesis’ning cho‘zinchoq shakldagi to‘q sariq rangli konsepsiyasi. Ushbu mashina biroz oldinroq Gran Turismo 7 kompyuter o‘yinida taqdim qilingan edi, Pekinga esa metalli prototipini keltirishdi.

Avtomobilning old qismidagi rangli qo‘shma chiziqli dizayni koreys brendining o‘ziga xos uslubiga ishora qiladi. Spoylerga, yirik diffuzor va vertikal joylashgan orqa yoritgichlariga ega oval shaklidagi orqa qismi “formula” poygasi mashinalarini eslatadi.

Ikki o‘rindiqli namuna konsolida pastki qismida ikkita boshqaruv bloklari bo‘lgan markaziy ekranga, raqamli uzatmalar qutisiga va old oynada joylashgan proyektorga ega. Prototipda quvvat tuzilma mavjud emas, virtual olamdagi mashina esa elektr turbo-kuchaytirgich va daqiqasiga maksimal 10 ming marta aylanish chastotasiga ega gibrid V6 dvigateli bilan jihozlangan. Birgina elektr quvvatining o‘zi 882 ot kuchiga ega, agregat quvvatining umumiy kuchi esa – 1071, aylanish oni esa 1337 N·m ga chiqa oladi.

MG Hypercar EXE181

Pekindagi avtoshouning eng tez va eng chiroyli superkarlari, 7auto.uzEXE181 nomli konsepsiyaning yaratuvchilari 1950-yillar avtosportining boy merosidan ilhom olishgan. Aniqrog‘i, “Formula-1” uchuvchisi Stirling Moss deyarli 400 km/soat tezlikka chiqib bir nechta rekordlar o‘rnatgan MG Cars prototipidan.

Ishlab chiqaruvchilarning ta’kidlashicha, “eng tez avtomobil”ning zamonaviy ko‘rinishi turgan joyidan 100 km/soatga chiqishi uchun bor-yo‘g‘i 1,9 soniya kerak bo‘ladi. Rusum vakillari, shuningdek, EXE181 o‘z ajdodining rekordini yangilab, 415 km/soatga erisha olishiga ishonishmoqda. Quuvat tuzilmasi tafsilotlari hali ochiqlanmadi, biroq u SAIC texnologiyasi asosida yaratilgan to‘rtta elektr dvigateldan iborat bo‘lishi, hamda 1000 dan ortiq ot kuchiga ega bo‘lishi taxmin qilinmoqda.

JAC De-Fine

Pekindagi avtoshouning eng tez va eng chiroyli superkarlari, 7auto.uzJAC kompaniyasidan De-Fine kelajak giperkari. Avtomobil to‘rtta o‘rindiq, yig‘iluvchi eshiklar va sun’iy intellekt yordamida boshqariladigan o‘ta zamonaviy boshqaruv tizimiga ega.

Mashinaning qurilishi ham elektr motor, ham bir yoki ikkala o‘qqa uzatiluvchi gibrid motorlarga ham mos keladi. Shu bilan birga, ishlab chiqaruvchilar akkumulyatorni nafaqat qayta quvvatlash, balki almashtirish mumkin, deya ham ta’kidlashmoqda. Dvigatelning umumiy quvvati 625 ot kuchiga yeta oladi. 100 km/soatga tezlanish esa 3 soniyani oladi.

Leopard Super 9

Pekindagi avtoshouning eng tez va eng chiroyli superkarlari, 7auto.uzPekindagi sportkarni Alfa Romeo, Audi va Lamborghini’dagi ishlari bilan tanilgan BYD rusumining bosh dizayneri Volfgang Egger taqdim qildi. Avtomobil hech qanday tom qismi bo‘lmagan haqiqiy elektr sport superkari sifatida yaratilgan.

Super 9 ko‘tariluvchi eshiklar bilan jihozlangan. Haydovchi va yo‘lovchi alohida – har biri o‘z kokpitida o‘tiradi. G‘ildiraklar katta markaziy gaykalar yordamida qotiriladi. Muhandislar, mashina mukammal aerodinamika va yengil vaznga ega, deya ishontirishmoqda. Quvvat tuzilmasi tafsilotlari hali mavjud emas, biroq elektrdan boshqa variantlar bo‘lmasligi ma’lum.

Hyundai N Vision 74

Pekindagi avtoshouning eng tez va eng chiroyli superkarlari, 7auto.uzPekin ko‘rgazmasidagi haqiqiy retro uslubidagi prototipni Hyundai kompaniyasi namoyish etdi.  N Vision 74 nomli model 1974-yilda ishlab chiqarilgan va yarim asr avval Turindagi avtosalonda taqdim etilgan kupe asosida yaratildi. Orqa tomonlama tortuvchi kupeni orqa o‘qlarida joylashgan umumiy 680 ot kuchiga ega ikkita elektr dvigatel harakatga keltiradi. Bundan tashqari, retrokupe faqatgina ko‘rgazma eksponati emas. Avtomobil bemalol ko‘chalarda harakatlana oladi.

BYD YangWang U9

Pekindagi avtoshouning eng tez va eng chiroyli superkarlari, 7auto.uzTo‘rt o‘rinli U9 elektr giperkari allaqachon fevral oyida sotuvlarga chiqqan bo‘lsada, hanuzgacha ko‘rgazmalarda tumonat tomoshabinlarni o‘ziga jalb qilmoqda. Avtomobil 30% dan 80% gacha bor-yo‘g‘i 10 daqiqada quvvatlana oladi. Har bir g‘ildirakni alohida 326 ot kuchiga ega elektr motor harakatlantiradi. Umumiy hisobda ular 1304 ot kuchiga va 1680 N·m ga teng. U9 100 km/soatga 2,36 soniyada chiqish imkoniyatiga ega.