Skip to main content

O‘zbekistonda elektromobillar avj bilan urf olmoqda, va bizga ko‘plab Xitoy “elektrichkalari” kirib keldi – masalan, BYD yoki Zeekr kabi. Sizni e’tiborga molik yana bir nechta Xitoy brendlari bilan tanishtiramiz.

XXR ishlab chiqaruvchilari elektr avtomobillar ishlab chiqarish bo‘yicha kamida ikki tabiiy ustunlikka ega. Birinchidan, Xitoyda yangi avtomobil zavodlari qurilish boshlanmasidanoq, ularni elektr transport vositalari ishlab chiqarish uchun loyihalash imkoni mavjud. Yevropa, Amerika va Yaponiyada zavodlar allaqachon mavjud bo‘lsa-da, ularni qayta tashkillashtirish talab qilinadi.

Ikkinchidan, radio-elektr sanoatining rivojlangani sababli Xitoyda keng ko‘lamli akkumulyatorlar ishlab chiqarish sanoati yaratila boshlandi. Ushbu batareyalar, shuningdek, ularni ishlab chiqarish tajribasi, elektr transport vositalari uchun akkumulyatorlarni yaratishda juda foydali bo‘ldi.

Yuqorida keltirilgan ikki omildan tashqari Xitoy elektromobilsozligi rivojlanishiga Xitoyning yangi quvvat manbalaridagi (NEV) avtomobillar ishlab chiqarilishini qo‘llab-quvvatlashga yo‘naltirilgan. Ushbu tushunchaga sof akkumulyatorli elektr transport vositalari, qayta zaryadlanuvchi gibridlar va vodorod bilan ishlaydigan transport vositalari kiradi.

Sizga Xitoy elektromobillarining to‘rtta brendini taqdim etamiz, ular hali O‘zbekistonda unchalik ko‘p emas, ammo boshqalardan ajralib turish uchun ularni xarid qilish mumkin.

AVATR

Urfga aylanayotgan “elektrichkalar”: Xitoyning yana qanday elektromobillari O‘zbekistonda paydo bo‘lmoqda, 7auto.uzAvatr elektromobillari — bu premium sinf mashinalari bo‘lib, Xitoyning yirik avto ishlab chiqaruvchisi Changan va elektronika ishlab chiqaruvchi Huawei’ning hamkorlikdagi mahsuloti hisoblanadi. O‘zining texnik taraqqiyoti va dizayni tufayli Changan avtomobillari Xitoyda ham, dunyoning boshqa davlatlarida ham katta talabga ega.

VOYAH

Urfga aylanayotgan “elektrichkalar”: Xitoyning yana qanday elektromobillari O‘zbekistonda paydo bo‘lmoqda, 7auto.uzVoyah brendi Xitoyning Dongfend konserni mahsuloti hisoblanadi. Uning uchta modeli mavjud: Free krossoveri, Passion sedani va Dream miniveni. Har uchala holatda ham xaridorlarga to‘liq elektr versiyalar va 1,5 litrli dvigatel asosidagi qayta zaryadlanuvchi gibrid quvvati o‘rnatilgan variantlar o‘rtasida tanlov taklif etiladi.

HONGQI

Urfga aylanayotgan “elektrichkalar”: Xitoyning yana qanday elektromobillari O‘zbekistonda paydo bo‘lmoqda, 7auto.uzEng qadimgi Xitoy premium brendining flagmani E-HS9 krossoveri bo‘lib qolmoqda, u eng boshidan butunlay elektrda ishlab chiqarilgan. Hongqi “Qizil bayroq” deb tarjima qilinadi va dastlab Xitoy Kommunistik partiyasining yuqori rahbariyati uchun limuzinlar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan. Endilikda modellar qatori kengaytirilgan, jumladan, elektromobillar hisobidan ham. Eng ilg‘or xususiyatlariga ega emas, ammo brend ichki materiallarning narx-sifat nisbati va opsiyalar ro‘yxati, shuningdek, Rolls-Royce bilan uyg‘un dizayni bilan hayratda qoldiradi.

NIO

Urfga aylanayotgan “elektrichkalar”: Xitoyning yana qanday elektromobillari O‘zbekistonda paydo bo‘lmoqda, 7auto.uzNIO rusumi – Xitoyning yangi elektromobil startaplari orasidagi eng taniqlilardan biri. Unga o‘z vaqtida dunyodagi eng tez elektromobilga aylangan NIO ET9 loyihasi, shuningdek, aynan shu brend haydovchisi Nelson Pike-kichkinaning Formula-Ye poygalarida qatnashgani dunyo miqyosida shuhrat olib keldi. NIO’ni odatda Xitoy Teslasi deya atashadi, chunki texnologiyalar bo‘yicha mazkur rusum darhaqiqat Amerika kompaniyasi bilan raqobatlasha oladi.