Salonni nam salfetkalar bilan artishga hojat bormi, moyni almashtirmasdan yurish mumkinmi va kamar kimlarga xalaqit beradi. Siz uchun avtomobilni to‘g‘ri parvarish qilishda yordam beruvchi bir necha tavsiyalarni to‘pladik. Bonus: tormoz yo‘li haqida ba’zi ma’lumotlar bor
Nam salfetkalar
Salonni har qanday zaruriyatsiz nam salfetkalar bilan artib chiqishni bas qiling. Ayniqsa ularning tarkibida spirt mavjud bo‘lsa. Spirt plastikka unchalik yaxshi ta’sir ko‘rsatmagan holda, uni xiralashtiradi. Yaxshisi, maxsus salfetkalar va plastik uchun poliroldan foydalanishingiz maqsadga muvofiq bo‘ladi.
Biz panelning ustki qoplamasi ishqalangan emas, balki to‘q va to‘yingan qora rangda bo‘lishini xohlaymiz. Polirol sirpanishni ta’minlshash orqali changning yuzaga o‘tirmasligiga olib keladi, uning antistatik xususiyatlari esa changni itarib tashlaydi. Bundan tashqari, biz quyoshli xavoda panel yoki rulni nam salfetka bilan artar ekanmiz, yuzaga ortiqcha termik ta’sir ko‘rsatilishiga yo‘l qo‘yamiz.
O‘ziga-o‘zi xizmat ko‘rsatish moykasidagi haddan tashqari faol ko‘pik
O‘ziga-o‘zi xizmat ko‘rsatish moykalari — bu o‘z qonun-qoidalariga ega biznes turi. Ularning biri – xarajatlarni kamaytirish. Rezervuarlarga kislotalilik va konsentratsiya darajasi qanday bo‘lgan ko‘pik quyilganini biz bilmaymiz.
Haddan tashqari kuchli tarkibga ega ko‘pik kuzovning lak-bo‘yoq qoplamasini xiralashtirib, lak qatlamini yemiradi, bu esa vaqt o‘tishi bilan bo‘yoq qatlamining shikastlanishi va zanglash paydo bo‘lishiga olib kelishi mumkin. Buning yechimi juda oddiy. Faol ko‘pikdan haddan tashqari ko‘p foydalanish kerak emas. Va kuzovga himoyalovchi tarkiblar bilan ishlov berib turing.
Bel orqasidagi kamar
Juda ko‘plab haydovchilarimiz xavfsizlik kamarini taqilgan holatda, shunchaki ko‘krak tasmasini boshlari ustidan tashlab qo‘yadi. Ammo doimiy ravishda kreslo va suyanchiq orasida joylashib turgan kamar o‘rindiq qoplamasini ishqalab turadi. O‘z hayotimizni xavf ostiga qo‘yganimizdan tashqari, mashinaga ham zarar yetkazamiz.
Mashinadagi konditsioner
- Dvigatel ishga tushirilganidan so‘ng darhol konditsionerni yoqmang. Dvigatelga qo‘shimcha yuklanma tushmasligi uchun uning yaxshilab qizib olishini kuting.
- Konditsionerning minimal ishlash rejimidan boshlang va quvvatni asta-sekin oshiring. Bu salondagi havoning sekinroq qurishiga imkoniyat yaratadi va qulay mikroiqlim yaratilishini ta’minlaydi.
- “Resirkulyatsiya” rejimidan foydalanmang. Ushbu rejim avtomobilning old qismidan havoni ko‘taradi va uni, salonning teng ravishda sovishiga yo‘l qo‘ymagan holda, konditsioner tizimi orqali o‘tkazadi.
- Oshirib yubormang. Tajriba ko‘rsatganidek, qulay harorat rejimi havo oqimi haydovchi yoki yo‘lovchilarga yo‘naltirilmagan bo‘lib, taxminan 22-23 darajani tashkil etishi hisoblanadi.
Dvigatelda moyni almashtirish
Aksariyat avtomobil egalari uchun dvigateldagi moyning yuqori sifatda bo‘lishi – shartli zaruriyat. Mashinalarining motorlari ohirgi marta qachon yangi moylanganini eslay olmaydigan avtomobilchilar esa bu masalaning teskari qismini tashkil qiladi. Shunday bo‘lsa ham, haydovchilarning ikkala turi ham o‘z avtomobillaridan sezilarli muammolarsiz uzoq vaqt mobaynida foydalanib kelmoqda.
Ba’zi avtoekspertlar dvigatelda moyni almashtirish muhimligini muntazam ravishda yotarjoy buyumlarini almashtirish jarayoni bilan taqqoslaydi. Bir oy bitta choyshabda uxlab o‘tsangiz – ehtimol buning hech qanday qo‘rqinchli joyi yo‘qdir. Lekin muntazam ravishda shunday qilsangiz, salomatlik uchun oqibatlari bo‘lishi ehtimolligi kattaroq.
Aytaylik, oddiy dvigatelga yaxshi moyni to‘ldirib quydik va u yerda uni 30 ming kilometr masofaga unutib qo‘ydik. Motor bunday azoblarni o‘zi uchun ortiqcha oqibatlarsiz boshdan kechirishiga umid bor. Lekin keyinchalik unga hech bo‘lmaganda bir-ikki marta yanada tez-tez (tavsiya etilganga qaraganda) moyni almashtirish sikli talab qilinadi – har 2-3 ming kilometrdan keyin. Yangi lubrikant bir paket yangi yuvish prisadkalari bilan birgalikda dvigatelni ichkaridan yaxshilab tozalab yuvib, qatlamlar hosil bo‘lgan joylardan cho‘kindilar va kirlarni yuvib tashlashi uchun buning o‘zi yetarli bo‘ladi.
Bir litr ishchi hajmga solishtirma quvvati 100 ot kuchi va undan ko‘proq bo‘lgan matoringiz bo‘lsa esa bunday sxema amal qilmaydi! Keyinchalik dvigatelni ta’mirlash uchun, yangi moy porsiyasiga qaraganda ancha ko‘prog‘ini berib yuborishga to‘g‘ri kelishi mumkin.
Avtomobilning tormoz yo‘li va tezligi
Tezlik, aniqrog‘i esa tezlik rejimiga aniqlik bilan amal qilish — biz rulda bo‘lgan paytda e’tibor qaratadigan asosiy narsa bo‘lsa kerak. Lekin undan tashqari masofa kabi band ham mavjud, aniqrog‘i uning amal qilinishi. Harakat tezligi qancha yuqori bo‘lsa, oldinda harakatlanayotgan avtomobilgacha masofa shunchalik katta bo‘lishi kerak.
Tormoz yo‘li avtomobil harakati tezligiga qanday bog‘liq bo‘ladi? Shartli ravishda yengil avtomobil, sekinlashish bo‘yicha o‘rtacha qilib olingan ma’lumotlar (axir hamma mashinalar har xil tormoz beradi), quruq asfaltni olaylik, u ham o‘rtacha olingan. Va tezlik bilan haydaganimizda mana bunday natijaga ega bo‘lamiz.
30 km/soat — 6–8 metr tormoz yo‘li;
60 km/soat — 17 dan 20 metrgacha;
80 km/soat — 22 dan 40 metrgacha;
100 km/soat — bunda yo‘l quruq asfaltda 60 metrgacha uzayishi mumkin.
Yuqorida keltirilgan barcha raqamlar yo‘lning xo‘l yoki muzlagan bo‘lishiga, xaydash tezligi, xaydovchining reaksiya qilish tezligi qanday ekanligiga bog‘liq holda sezilarla darajada kattayadi. Shinalar sifati esa aksariyat hollarda hal qiluvchi kuchga ega bo‘lmaydi…