Sanoatga o‘z ta’sirini ko‘rsatgan taniqli modellarni xotirlashda davom etamiz. Bu safar – ochiladigan farali italyan sportkari.
1960-yillarda yaratilgan bu avtomobil o‘zida noyob italyancha dizayn va amerikacha dvigatelni mujassamlashtirgani sabab avtomobil sanoatida o‘chmas iz qoldirgan.
U 1963-yilda o‘z mototsikllari va mikroavtomobillari bilan mashhur bo‘lgan Iso Autoveicoli S.p.A. italyan kompaniyasi tomonidan yaratilgan. Kompaniya rahbari, Renso Rivolta, loyihaga taniqli muhandislar va dizaynerlarni jalb qilgan holda sport avtomobillari bozoriga chiqishga qaror qiladi.
Sportkarlarni ishlab chiqish uchun ilgari Ferrari 250 GTO modellari ustida ishlagan muhandis Jotto Bizzarrini taklif qilingan. Avtomobil dizayni keyinchalik avtomobil dizayni sohasida eng muhim arboblardan biriga aylangan yosh, iqtidorli dizayner Jorjetto Judjaro zimmasiga yuklatiladi.
Iso Grifo’ning ilk modellarida quvvati 350 ot kuchiga ga ega 5,4 litr hajmli dvigatel o‘rnatiladi. O‘zining kuchli dvigateli va yengil kuzovi sabab, avtomobil 6 soniyadan kam bo‘lmagan vaqtda 100 km/s gacha tezlikni oshira olgan, bu 1960-yillarda a’lo darajadagi ko‘rsatkich hisoblangan. Maksimal tezlik 250 km/soat dan oshgan, bu jihati esa uni zamonaviy standartlar bo‘yicha ham raqobatbardoshga aylantiradi. Bundan tashqari, bu barcha g‘ildiraklardagi diskli tormozlardan foydalanuvchi ilk avtomobillardan biri edi, bu esa boshqariluvchanlik va xavfsizlikni sezilarli tarzda yaxshilagan.
1970-yillarning boshlarida muhandislar Grifo’ning restaylingini o‘tkazishgan, va avtomobil sport uslubida, keskin, jo‘shqin ko‘rinishini ta’minlovchi avtomobillarda ko‘tariluvchi detallar, biroz “bekituvchi” faralar paydo bo‘ldi.
Jami Grifo’ning 400 ta nusxasi chiqarilgan, shu sabab u hozirgi kunda kolleksion avtomobilga aylandi. Bu 1960-yillarda italyan va amerika avtosanoatlari taklif etishi mumkin bo‘lgan eng yaxshilarini o‘zida mujassamlashtirgan haqiqiy afsona. Noyob dizayn, qoyilmaqom ishlab chiqarish va nodirlik Iso Grifo’ni butun dunyo bo‘ylab hozir ham avtoixlosmandlarni ilhomlantiradigan timsolga aylantirdi.