Skip to main content

O‘z qatorining afsonalari hisoblanmish avtomobillarni yodga olamiz. Mazkur sonimizda – ajoyib yo‘ltanlamas timsoliga aylangan harbiycha jip

Jeepning tarixi 1940-yil 11-iyulda, AQSh urush departamenti ishlab chiqaruvchiga chorak tonnalik to‘rt g’ildirakli razvedka mashinasining prototipini 49 kun ichida ishlab chiqish va ishlab chiqarish, keyin esa 75 kun ichida 70 ta avtomobil ishlab chiqarish to‘g‘risida shoshilinch so‘rov yuborgan paytdan boshlanadi.

Bir afsona tarixi: Jeep CJ-7, 7auto.uz

Jipdan fuqarolik maqsadlarida foydalanish 1942-yilda AQSh Qishloq xo‘jaligi departamenti tomonidan boshlangan. Avtomobil qishloq xo‘jaligi sharoitida sinovdan o‘tkazilgandan so‘ng, u haqiqatan ham hayratlanarli tarzda traktor kabi ishlashi aniqlandi.

Bir afsona tarixi: Jeep CJ-7, 7auto.uz

Urushdan keyin avtomobilning fuqarolik versiyasi juda ko‘p o‘zgardi va 1970-yillarda Jeep CJ7 paydo bo‘ldi, va kelib chiqishi Ikkinchi Jahon urushi jiplariga borib taqalgan qatorining so‘nggi vakili bo‘lishi kerak edi. CJ-7 93½ dyuymli g‘ildirak bazasida harakatlanadigan CJ-5 “og‘asi”dan o‘n dyuym uzunroq edi va uzunroq cho‘zinchoq kuzov ostida ikkita parallel uzun reykadan iborat yangi shassi mavjud bo‘lib, yanada barqarorlik uchun ilgaklarni maksimal tortgan holda orqadan bo‘rtib chiqib turadi.

Bir afsona tarixi: Jeep CJ-7, 7auto.uz

CJ-7 ham mexanika, ham avtomatika uzatmalar qutisiga ega bo‘lib, ikkalasi ham yuqori va past diapazonli Quadra-Trac to‘liq tortish tizimi bilan uyg‘unlikda siz har qanday tog‘ga ko‘tarila olasiz.

CJ-7 Renegade, Golden Eagle, Golden Hawk, Laredo va Limited kabi turli maxsus modellarda ishlab chiqarilgan. Eng so‘ngisi yubiley munosabati bilan chiqarilgan Jamboree Rubikon Marshrutining 30-yilligiga atab yaratilgan (AQShdagi mashxur offroad-trassa – avvaliga oltin qazib oluvchilar tomonidan foydalanilgan, keyinchalik esa yo‘ltanlamaslar uchun ma’joziy “sinov” yo‘liga aylangan).

Bir afsona tarixi: Jeep CJ-7, 7auto.uz

Jamboree Commemorative o‘z yaratilgan vaqtining juda a’lo jihozlangan jip unvoniga ega. Uning asboblar panelida shunday yozuv mavjud: “Buyuk sulolaning so‘ngi vakili. Mazkur noyob CJ Ikkinchi jahon urishi vaqtida boshlangan afsonafiy davrning yakunidir”.